Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston temir yo‘llari” monopoliyasiga chek qo‘yish haqida gapirdi
20.08.2021 15:13,  
156

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan muloqotida temir yo‘l monopoliyasiga to‘xtaldi.

“Kelgusi yilda o‘z vagoni va konteyneriga ega bo‘lgan xususiy logistika operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi va tariflar ikkiga ajratiladi.

Davlat tomonidan faqatgina temir yo‘l infratuzilmasi hamda lokomotiv xizmatlari tartibga solinadi, yuk vagonlari xizmati esa, bozor tamoyillari asosida shakllanadi.

Shuning uchun, xususiy tadbirkorlarga temir yo‘l vagonlarini olib kelishga berilgan imtiyozlar 2025 yil 1 yanvargacha uzaytiriladi.

Albatta bu taklifga ham qarshilar bor, faqat “yo‘q” deyishni bilishadi. Lekin xususiy sektorga imkon bermasak, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning monopoliyasiga chek qo‘ya olmaymiz. Axir butun dunyoda shu tizim ishlaydiku, nega bizda ishlab keta olmaydi? Kimgadir yoqadimi, yoqmaydimi, endi biz xususiy sektorga ham imkon beramiz”.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан