Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev xalqimizni va barcha mo‘min-musulmon birodarlarni Ramazoni sharif bilan tabrikladi
22.04.2020 19:54,  
356

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 aprel kuni global inqiroz va pandemiya sharoitida mamlakatimiz aholisi bandligi masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi avvalida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlarga yana bir bor alohida to‘xtalib o‘tdi.

Davlat rahbari, jumladan, shunday dedi:

– Bugungi kunga qadar 424 nafar yurtdoshimiz bu kasallikdan xalos bo‘lib, reabilitatsiya rejimiga o‘tkazilgani barchamizga, butun el-yurtimizga katta kuch beradi.

Mana, jonajon Vatanimizga Ramazoni sharif kirib kelmoqda.

Ushbu ulug‘ ayyom munosabati bilan nuroniy otaxon va onaxonlarimizni, qadrli aka-uka, opa-singillarimizni, iymon-e’tiqodli xalqimizni chin qalbimdan muborakbod etaman.

Barchangizga tinchlik-omonlik, oilaviy xotirjamlik, baxtu saodat yor bo‘lishini tilayman.

Bugungi o‘tkinchi qiyinchiliklarga qaramasdan, Ramazoni sharif har doimgidek xonadonlarimizga, dillarimizga quvonch, yurtimizga fayzu baraka baxsh etadi, bir-birimizga bo‘lgan mehr-oqibatimizni yanada ziyoda qiladi, deb ishonaman.

Fursatdan foydalanib, uzoq-yaqin mamlakatlardagi mo‘min-musulmon birodarlarimizni ham samimiy tabriklab, ularga o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan tinchlik va farovonlik tilayman.

Hammamizga ayonki, Alloh taoloning marhamati bilan shahri Ramazonda ezgu niyatlar ijobat bo‘ladi.

Mana shu muborak oyda barchamiz tutgan ro‘zalarimiz, qilayotgan duoi fotihalarimiz, xayrli amallarimiz sharofati bilan barcha mamlakatlar qatori el-yurtimizni ham ushbu ofatdan tezroq xalos etishini Yaratgan Parvardigordan so‘rab qolamiz" - dedi Prezident.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан