Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev: «O‘zbekistonda ro‘mol o‘rashga hech kim hech qachon qarshi bo‘lmaydi» (video)
30.09.2019 23:00,  
1168

Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy tarmoqda ro‘mol masalasidagi muhokamalar yuzasidan munosabat bildirdi, deb yozadi «Kun.uz».

Ko‘ksaroyda 30-sentyabr kuni o‘tkazilgan boks bo‘yicha jahon chempionati sovrindorlariga davlat mukofotlarni topshirish marosimi vaqtida prezident O‘zbekistonda ro‘molga hech kim hech qachon taqiq qo‘ymasligini ma’lum qildi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda turli masalalar ko‘tarilyapti.

Qanday yarashadi o‘zbekona ro‘mollar. Qanday yarashadi yarashadi o‘zbekona kiyinishlarimiz. Shu turishingiz muqaddas o‘zbek onasi timsoli. Mehrli onamiz, singillarimiz mana shunday yurishiga hech kim hech qachon qarshi bo‘lmaydi O‘zbekistonda.

Mana hammamizning buvilarimiz o‘tgan, hayot onalarimiz bor, ularning kiyinishiga qarab hammamiz havas qilamiz, men ham siz bilan mana shunday o‘g‘il tarbiyalaganingiz uchun, siz bilan samimiy ko‘rishganimdan baxtiyorman. Siz baxtiyor onasiz, men baxtiyor prezidentman siz orqali», – degan Shavkat Mirziyoyev marosim vaqtida bokschi Miraziz Mirzaxalilovning onasini kuzatar ekan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning majlis vaqtida ro‘mol va soqol masalasidagi gaplari audiosi keng muhokama qilinayotgandi.

Farg‘ona viloyati hokimi selektor davomida turk insvestorining soqolini olishni buyurgan, viloyatdagi ish joylarida namoz o‘qishga sharoit yaratiladigan holatlar aniqlansa, o‘sha korxona rahbariga jinoyat ishi ochilishini aytgani, shuningdek, oldida kim bo‘lishidan qat’i nazar ro‘mol o‘rab olgan ayolga ko‘zi tushsa, uning ro‘molini o‘sha tuman hokimi og‘ziga tiqib qo‘yish bilan tahdid qilgan.

Bugun, 30-sentyabr kuni Oliy Majlis Senatining Reglament va odob komissiyasi yig‘ilishida senator Shuhrat G‘aniyevning masalasi ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda Shuhrat G‘aniyev aybini tan oldi, unga qattiq ogohlantirish va 3 oy sinov muddati berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан