Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ishlarini qoniqarsiz deb baholadi
4.05.2021 08:38,  
124

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 may kuni yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik jarayoniga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan mazkur nufuzli musobaqaga sportchilarimizni tayyorlash uchun keng sharoit yaratilgan edi. Yuqori malakali mutaxassislar jalb qilinib, yuzlab o‘quv-mashg‘ulotlar tashkil etildi. Bugungi kungacha sportchilarimiz yozgi Olimpiya o‘yinlariga 41 ta, Paralimpiya o‘yinlariga 16 ta yo‘llanma olgan.

Taqdimotda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik holati tanqid qilinib, qoniqarsiz deb baholandi. May-iyul oylaridagi musobaqalarda yana yo‘llanmalarni qo‘lga kiritish uchun sportchilar va ularning jamoasini qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlandi. Sportchilarga xizmatlarni kuchaytirish, ularni har tomonlama rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Federatsiyalar faoliyatini takomillashtirib, jalb qilingan malakali sport menejerlari bilan birga olimpiadachilarning jismoniy, tibbiy va psixologik holatini yaxshilash uchun har bir sport turi bo‘yicha alohida dasturlar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан