Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Prezident Davlat xavfsizlik xizmatiga doir qonunni imzoladi
6.07.2021 19:58,  
1584

Qonunda quyidagilar nazarda tutiladi: Prezident davlat xavfsizlik xizmati faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash, qo‘riqlanadigan ob’yektlarni tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish va boshqalar.

Shuningdek, ushbu qonun doirasida qo‘riqlanadigan shaxslar doirasi ham belgilangan:

  • prezident va uning oila a’zolari, sobiq prezident va uning butun hayoti davrida oila a’zolari, prezident vazifalarini va vakolatlarini bajaruvchi shaxs;
  • bitimlarga muvofiq chet davlatlarning, hukumatlarning, parlamentlarning, xalqaro tashkilotlarning rahbarlari va boshqa shaxslar.

Hujjatga ko‘ra, tashkilot huquqiy maqomiga ko‘ra qo‘riqlanadigan shaxslar va ob’yektlar xavfsizligini ta’minlaydigan, shuningdek qo‘riqlanadigan shaxslar va ob’yektlarning xavfsizligi masalalari bo‘yicha jalb qilingan davlat organlari va boshqa tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradigan, ularning hamkorligini hamda tezkor boshqaruvini amalga oshiradigan maxsus vakolatli davlat organidir.

Prezident davlat xavfsizlik xizmatiga prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi. Prezident davlat xavfsizlik xizmati bevosita prezidentga bo‘ysunadi va unga hisobdor. Fuqarolar va mansabdor shaxslar uchun PDXX xodimlarining qonuniy buyruqlarini bajarish majburiy hisoblanadi.

Qonunga ko‘ra, Prezident davlat xavfsizlik xizmati qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi hamda o‘z vakolatlarini har qanday davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan mustaqil tarzda olib boradi. 

Qonun bilan Prezident davlat xavfsizlik xizmati 41 toifadagi huquqlarga ega bo‘lmoqda. Bular qatoriga qo‘riqlanadigan shaxslar bilan muloqot qiladigan shaxslarning anketa va boshqa zarur ma’lumotlarini tekshirish, qoralovchi ma’lumot olinganda davlat organlari va boshqa tashkilot xodimlarini ishdan chetlatish haqida taqdimnoma kiritish. Shuningdek, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni ushlab turish, qo‘riqlanayotgan shaxs turgan ob’yektda axborot xavfsizligini ta’minlash, zaruratga qarab hududdagi radioaloqa to‘lqinlarini to‘sib qo‘yish, qo‘riqlanadigan shaxs harakat yo‘nalishida piyoda va transport harakatini to‘xtatish va boshqa ko‘plab huquqlarga ega.

Bundan tashqari, Prezident davlat xavfsizlik xizmati qo‘riqlanadigan shaxslarning sha’ni, ijtimoiy-siyosiy faoliyatini obro‘sizlantiruvchi axborotlar yuzasidan prokuratura va sud organlariga ariza kiritadi.

Tashkilot tarkibi kasbga yaroqlilik bo‘yicha tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tgan, muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan O‘zbekiston fuqarolari bilan ixtiyoriy asosda to‘ldiriladi. Xizmatga Qurolli Kuchlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarining zaxirasidagi yoki rezervidagi fuqarolar, shuningdek ayol jinsiga mansub bo‘lgan, harbiy-hisob mutaxassisligi bo‘yicha tegishli kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari ham qabul qilinadi.

Yangi xodimlarni ishga olishda davlat tashkilotlarining harbiy xizmatchilariga ustuvorlik beriladi.

Prezident davlat xavfsizlik xizmati xodimlariga o‘z xizmat mavqeyidan g‘arazli maqsadlarda foydalanish, xizmatga doir barcha ma’lumotlarni OAV va internetga joylash taqiqlanadi.

PDXX xodimlari va ularning oila a’zolarining ijtimoiy himoyasi davlat tomonidan kafolatlanadi.

Oliy Majlis Senati tomonidan joriy yilning 29 may kuni qabul qilingan ushbu qonunni qabul qilish zarurati quyidagi omillar bilan asoslangan:

birinchidan, 2018 yilning yanvar oyida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati faoliyati O‘zbekiston Respublikasi prezidentining yopiq qarorlari bilan tartibga solingan bo‘lib, ochiq tarzdagi normativ-huquqiy hujjatlar mavjud emas;

ikkinchidan, Prezident davlat xavfsizlik xizmati maxsus vakolatli organ hisoblanib, qo‘riqlanuvchi shaxslarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida huquqiy, tashkiliy, qo‘riqlash, rejim, tezkor-qidiruv, muhandislik-texnik va boshqa tadbirlar majmuini amalga oshiradi.

  • Bunda Prezident davlat xavfsizlik xizmati tezkor-xizmat faoliyatining alohida jihatlari jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etadi;
  • Prezident davlat xavfsizlik xizmati o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish jarayonida qo‘riqlanuvchi shaxslar manfaatlarini ko‘zlab, qo‘riqlash tadbirlari o‘tkazilayotgan joylarda erkin harakatlanishni, qo‘riqlanuvchi shaxslarning bo‘lish ob’yektlari atrofida va harakatlanish yo‘nalishlarida turli xil ob’yektlarning qurilishi va rekonstruksiyasini, qo‘riqlanuvchi shaxslarga va ular bo‘lish ob’yektlarida xizmat ko‘rsatishga bevosita jalb etilgan tashkilotlarning mehnat faoliyati amalga oshirilishini va boshqa harakatlarini cheklaydi;

uchinchidan, Prezident davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari hamda qo‘riqlanuvchi shaxslarning xavfsizligini ta’minlashga jalb etilgan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ va kuch ishlatuvchi tuzilmalar xodimlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida o‘qotar qurolni qo‘llashning aniq tartibi belgilanmagan.

«O‘zbekiston Respublikasi prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonun rasmiy e’lon qilingan kun, ya’ni bugundan e’tiboran kuchga kirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан