Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev prezident maktabi faxriy mehmonlar kitobiga nima deb yozdi?
10.09.2019 21:23,  
86

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi prezident maktabiga tashrifi chog‘ida faxriy mehmonlar kitobiga o‘z izohini yozib qoldirgan. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

" ...Yangi O‘zbekistonimizni yuksak taraqqiyot bosqichiga ko‘tarishdek ezgu niyatimizga yangicha va mustaqil fikrlaydigan, o‘z Vatanini jonidan ortiq sevadigan, uning yorug‘ kelajagi uchun sadoqat bilan xizmat qiladigan, fidoyi yoshlarni tarbiyalash orqali erishamiz.

Ana shunday salohiyatli va barkamol kadrlarni tayyorlash maqsadida respublikamizning har bir hududida mutlaqo zamonaviy shakldagi ta’lim muassasalari – Prezident maktablarini tashkil etdik.

Men ishonaman, bu maskanlar jonajon O‘zbekistonimizning ertangi taqdirini o‘z qo‘liga olishga, globallashuv davrida keskin bellashuv va raqobatlarda g‘olib bo‘lishga qodir shaxslarni – yangi Xorazmiylar, Farg‘oniylar, Beruniylar, Ulug‘beklarni tarbiyalab yetishtiradi.

Poytaxtimiz Toshkent shahrida faoliyat boshlagan Prezident maktabi xalqimizning ulug‘vor va olijanob orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishda barchaga namuna bo‘lishiga tilakdoshman"- deb yozgan Shavkat Mirziyoyev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан