Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidentini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
17.05.2019 16:12,  
10

Bugun, 17 may kuni Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qozog‘iston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘lik va davlat xizmatidagi faoliyatida muvaffaqiyat tiladi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Oliy darajadagi muntazam va samarali muloqotlar O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining jadal rivojlanishi va izchil mustahkamlanib borishiga xizmat qilayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Qasim-Jomart Toqayevning joriy yil aprel oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan ilk davlat tashrifi savdo-iqtisodiyot, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalaridagi amaliy hamkorlik, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish uchun keng imkoniyatlar ochgani alohida ta’kidlandi.

Prezidentlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Suhbat so‘ngida davlatimiz rahbari Qasim-Jomart Toqayevga joriy yil 9 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Qozog‘iston Prezidenti saylovi muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан