Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti bilan koronavirus infeksiyasi bo‘yicha suhbatlashdi
18.03.2020 14:45,  
295

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 mart kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, suhbatda joriy epidemiologik vaziyat hamda ikki mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilingan.

Shuningdek, koronavirus pandemiyasiga qarshi samarali kurashish va ehtimoliy oqibatlarni kamaytirish maqsadida yaqindan hamkorlikni davom ettirish va o‘zaro muvofiqlashgan harakatlarni amalga oshirish qayd etildi.

Muloqot so‘ngida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan Navro‘z munosabati bilan bir-birlarini samimiy tabrikladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан