Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan suhbatlashdi
20.09.2021 19:51,  
45

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 sentyabr kuni Qozog‘istonning birinchi prezidenti, elboshi – Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi yuqori sur’ati mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo va yuk tashishlar hajmi orti bormoqda, aviaqatnovlar to‘liq tiklandi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni yanada ko‘paytirish muhim ekani ta’kidlandi.

Afg‘onistondagi vaziyatni hisobga olgan holda xalqaro va mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан