Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Rossiya Tashqi ishlar vazirini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi​
21.03.2020 10:45,  
104

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.

“O‘zbekiston-Rossiya strategik sherikligini rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, xalqlarimiz o‘rtasida do‘stlik munosabatlari va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi, xalqaro maydonda O‘zbekiston Respublikasining tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan muhim mintaqaviy va global ahamiyatga ega tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlagani uchun, shuningdek, tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Viktorovich Lavrov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlansin”, deyiladi prezident farmonida.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov hamkasbi, Rossiya Federatsiyasi tashqi siyosat idorasi rahbari Sergey Viktorovich Lavrovni 70 yoshga to‘lgani munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, tabrikda “Sergey Lavrovni O‘zbekistonda ”taniqli davlat va siyosat arbobi, tajribali rahbar, yuqori malakali diplomat va Rossiyaning haqiqiy vatanparvari“ sifatida tanishadi va u butun dunyoda hurmat qozongan”, deyiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан