Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Samarqandda amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi
9.12.2021 22:22,  
120

Shavkat Mirziyoyev 9 dekabr kuni Samarqand viloyatida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, bu loyihalar Samarqandni zamonaviy shaharga aylantirish, aholi, tadbirkorlar va investorlar uchun qulayliklarni oshirish, turizm rivoji uchun sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan.

Qayd etilishicha, Samarqand yaqin yillarda yashash uchun qulay «millionli shahar»ga aylantiriladi. Buning uchun shahar tarkibiga qo‘shni tumanlardan muayyan hududlar qo‘shiladi. Davlat idoralari va ma’muriy xizmatlar boshqa joyga ko‘chirilib, 2 ta tunnel va 2 ta ko‘prik quriladi.

Ta’kidlanishicha, turizm sohasida 40 ming kishining bandligini ta’minlash rejalashtirilgan. Kelgusi besh yilda sayyohlik xizmatlari hajmini 10 baravarga oshirish, 600 dan ortiq yangi mehmonxona va oilaviy mehmon uylari tashkil etiladi.

Loyihalar ichida eng yirigi Samanrqand biznes va turizm markazi bo‘ladi. 212 gektar maydonda joylashgan binoda xalqaro kongress markazi, «Abadiy shahar» karvonsaroy majmuasi, 8 ta mehmonxona, dam olish va ko‘ngilochar ob’yektlar, hunarmandchilik markazi, sun’iy suv havzalari bo‘ladi. 5 mingdan ziyod yoshlar bandligi ta’minlanadi. «Umuman, viloyatga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini yiliga 5 millionga yetkazish maqsad qilingan», — deyiladi xabarda.

Taqdimotda ushbu loyihalarning amaliy jihatlari, rejadagi inshootlarni zamonaviy va sifatli qilib qurish choralari muhokama qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан