Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev: shifokorlarning o‘z kasbiga sadoqati, mehnati – jasorat namunasi (video)
27.03.2020 08:38,  
630

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 26 mart kuni koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurarshishni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazib tadbir avvalida xalqqa murojaat qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Bugunga kelib mamlakatimizda virus bilan kasallanganlar soni 65 nafarni tashkil qilmoqda.
Shu sababli, Bosh vazir rahbarligida respublika komissiyasi tuzilib, Inqorozga qarshi kurashish uchun jamg‘armaga 10 trillion so‘m miqdorida mablag‘ yo‘naltirildi.
Bu ofatdan xalqimizni asrash bo‘yicha barcha ta’lim va diniy muassasalar faoliyati, xalqaro va ichki jamoat transportlari qatnovi to‘xtatildi. Odamlar gavjum bo‘ladigan joylar, xususan, barcha buyum bozorlari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari vaqtincha yopildi.
Mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha korxona va tashkilotlar xodimlariga ta’til berilib, masofaviy ishlashga o‘tkazilmoqda.
Mamlakatning barcha tibbiyot muassasalari kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazilib, 11 ta tibbiyot muassasasi va 97 ta sihatgoh, oromgoh va yotoqxonalar karantinga ixtisoslashtirildi.
Ushbu virusli infeksiyani jilovlash, tarqalishining oldini olish hamda profilaktika qilish maqsadida uy sharoitida 80 mingga yaqin, statsionarda 12 ming nafar fuqaro karantinga olingan.
Pandemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 100 ming atrofida tibbiyot xodimlari mobilizatsiya qilinib, ularga hokimiyatlar, ichki ishlar tizimi, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari yaqindan ko‘maklashmoqda.
Shuningdek, xorijdagi fuqarolarimizni qaytarish bo‘yicha oxirgi 10 kun ichida 20 ta charter reyslar amalga oshirildi va qo‘shni davlatlar bilan chegaralarimizdan 80 mingdan ortiq vatandoshlarimiz o‘tkazilib karantinga olindi.
Bir narsani aniq tushunib olish lozim. Bizda aniqlangan kasallar soni kam-ku, 100 taga ham yetmaydi, xavotirga o‘rin yo‘q, deb xotirjam bo‘lish xiyonat hisoblanadi.
Chunki, koronavirus menga yuqmaydi deb befarq yurganlar nafaqat o‘zining, balki ota-onasi, farzandlari, atrofidagilar, qolaversa, butun xalqimizning sog‘lig‘i va hayotini katta xavfga qo‘yishini chuqur anglab yetishi kerak.
Tibbiyot qanchalik rivojlangan bo‘lmasin, davlat bunga qancha-qancha mablag‘ ajratmasin, odamlarimiz shifokorlar tavsiyasiga amal qilmasa, tartib-intizomli bo‘lib, karantin qoidalariga rioya etmasa, barcha ko‘rilayotgan choralarimiz, pandemiyaga qarshi kurashish uchun safarbar qilingan yuz minglab fidoyi insonlarning mehnati behuda ketishi mumkin.

Viloyat, shahar va tuman, 4 ta sektor rahbarlarining epidemiologik osoyishtalik uchun shaxsiy javobgar ekanligi haqida qat’iy ogohlantiraman. Sizlar koronavirus infeksiyasining tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, karantin rejimini buzishning barcha salbiy oqibatlarini aholiga tushuntirish bo‘yicha tunu kun ishlashingiz shart.

Mahalla fuqarolar yig‘inlariga ham ko‘p e’tirozlarim bor. Joylarda mahalla faollarining roli umuman sezilmayapti. Mahalla raislarining ko‘z oldida ayrim fuqarolar ko‘p odamlarni yig‘ib, dabdabali marosim va tadbirlarni o‘tkazishni davom ettirmoqda.

Misol uchun, Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani Beruniy mahallasida yashovchi ayol Umradan qaytib kelib, uyda karantinda bo‘lish talablarini qo‘pol ravishda buzib, ertasi kuni 120 nafar kishini chaqirib, dabdabali marosim o‘tkazgan. Oqibatda uning 4 nafar oila a’zosi infeksiya yuqtirgani aniqlandi. Yana qancha odam kasallangani hali noma’lum.

Karantin qoidalarini buzganlik uchun jazo choralarini kuchaytirish to‘g‘risida parlamentimiz qabul qilgan qonunni imzoladim. Bundan buyon karantin davrida atrofidagi insonlarning sog‘lig‘i va hayotini xavf ostiga qo‘yganlar 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.

Ishonchim komil, oilasi, farzandlari, el-yurti tinchligi, sog‘lig‘ini hamma narsadan ustun qo‘yadigan donishmand xalqimiz bunday holatga tushib qolishni hech qachon istamaydi.

Xalqimiz jipslashib, shifokorlarning barcha tavsiyasi, ko‘rsatmalariga amal qilsalar, odamlarimiz karantin davrida hayotiy zaruratsiz o‘z xonadonlarini tark etmasa, kasallikning ilk belgilari aniqlanganda, uni yashirmay shifokorlarga o‘z vaqtida murojaat qilsalar, biz bu kasallikni, albatta, yengamiz!

Koronavirusga qarshi kurashishdagi o‘ziga xos “jang maydoni”da tibbiyot xodimlari birinchi zarbani qabul qilmoqdalar. Kasallarga o‘z vaqtida yordam berilsa, ular shifo topadi, kasalxonalarni tark etadi. Lekin, oxirgi kasal tuzalmaguncha tibbiyot xodimlari ish joyini tark etolmaydi.

Dunyo bo‘ylab, xususan, mamlakatimizda shifokorlarning o‘z kasbiga sadoqati, xalqimiz, ota-onalarimiz, farzandlarimiz sog‘lig‘i yo‘lida tunu kun qilayotgan mehnati barchamiz uchun jasorat namunasi bo‘lmoqda.

Hurmatli tibbiyot xodimlari, o‘z hayoti va sog‘lig‘ini garovga qo‘yib, pandemiya bilan kurashayotgan shifokorlar, hamshiralar, sanitar xodimlarga butun O‘zbekiston xalqi nomidan cheksiz minnatdorlik bildiraman, – dedi davlatimiz rahbari.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан