Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev: Shu ishlarni 15 yil oldin boshlaganimizda bolalarimizning bilimi, saviyasi bugun umuman boshqacha bo‘lardi
23.04.2021 22:12,  
335

Davlatimiz rahbari Toshkent shahridagi Texnoparkda ishga tushirilgan yangi korxonalarni borib ko‘rdi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Bu yerda umumiy qiymati 365 million dollardan ziyod bo‘lgan 17 ta loyiha joylashtirilgan bo‘lib, shundan 6 tasi o‘tgan yili foydalanishga topshirilgan edi. Bu yil boshida yana 4 ta korxonada qurilish-montaj ishlari bitkazildi. Ayni kunlarda sinov rejimida mahsulot tayyorlanmoqda.

Prezident ushbu korxonalarda o‘rnatilgan texnologiyalar, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi.

«Bu korxonalarning, albatta, iqtisodiy ahamiyati katta. Lekin meni ko‘proq quvontiradigani yoshlarimizning malakasi, ishonchi. Hozirgi yoshlar o‘qigan paytlarda bunaqa stanoklar yo‘q edi. Shu ishlarni 15 yil oldin boshlaganimizda bolalarimizning bilimi, saviyasi bugun umuman boshqacha bo‘lardi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Furnitura va aksessuarlar loyihasining qiymati 20 million dollar. Buning evaziga bino mukammal ta’mirlanib, Turkiyadan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilgan. 450 ta ish o‘rni yaratilgan. Korxona eshik va romlar uchun yiliga 6 million dona furnitura va aksessuar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu 10 million dollarlik import o‘rnini to‘ldirish, 3 million dollarlik eksport imkoniyatini beradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан