Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev so‘nggi uch yilda 4 mingdan ziyod mahkum afv etilganligini ma’lum qildi
1.09.2019 13:45,  
45

Shavkat Mirziyoyev Mustaqillikning 28 yilligiga bag‘ishlangan marosimda so‘zlagan nutqida 2016-2019 yillarda 4 mingdan ortiq jazo muddatini o‘tayotgan fuqarolar afv etilganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda mahbuslarni afv etish instituti joriy etilgani va so‘nggi uch yilda yetti marta afv e’lon qilinganini ta’kidladi. Natijada qilmishidan chin dildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 4 mingga yaqin mahbus jazoni o‘tash joylaridan ozod etilgan.

“Kuni kecha afv etish haqidagi yana bir farmonga imzo chekdim. Unga ko‘ra jazo muddatini o‘tayotgan 65 nafar fuqaro afv etildi.

Tasavvur qiling, o‘z uyiga, yaqinlari bag‘riga qaytayotgan bu insonlarning, ularning ota-onasi, farzandlarining quvonchi, xursandchiligini “oynai jahon” orqali ko‘rgan odam, bu haqiqatan ham  ezgu va savobli ish ekaniga yana bir bor ishonch hosil qiladi”, degan davlat rahbari.

Mustaqillik bayrami arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jasliq qo‘rg‘onidagi jazoni ijro etish koloniyasi yopilishi olib borilayotgan insonparvar siyosatning yana bir ifodasi ekanligi qo‘shimcha qilindi.

"Bu tarixiy qadam mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish vaqtinchalik kampaniya emas, balki davlat siyosati darajasidagi uzluksiz jarayon ekanini ko‘rsatadi.

Bugungi kunda O‘zbekiston o‘z fuqarolarining huquq va manfaatlarini, ular qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, himoya qilishga qodir mamlakat sifatida o‘zini namoyon etmoqda", degan prezident.

Prezident joriy yilda asosan ayollar va bolalardan iborat 156 nafar o‘zbekistonliklar jangovar harakatlar davom etayotgan Suriyadan qaytarib olib kelingani va ularning fuqarolik huquqlari tiklanganini alohida ta’kidlagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан