Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash boshqarmalari byurokratik tuzilma bo‘lib qolgani tanqid qildi
25.02.2020 17:20,  
542

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 fevral kuni sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish bo‘yicha galdagi muhim vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda avvalo, ixtisoslashgan tibbiy yordam sifati va ko‘lamini oshirish lozimligi ta’kidlandi.

Mamlakatimizda har 10 ming aholiga 23 nafar shifokor to‘g‘ri kelmoqda. Mahalliy tibbiyot xodimlari ko‘nikmasini oshirishga e’tibor qaratilmayapti. Ixtisoslashgan markaz va hududiy muassasa o‘rtasida vertikal tizim shakllanmagan.

Davolanish uchun order berish tizimida ijtimoiy adolat ta’minlanmayotgani, bu jarayonda faqat davlat muassasalari ishtirok etishi raqobatni cheklayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois order berish tizimini takomillashtirish va ochiqligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirish tizimi tanqidiy tahlil etildi. 20-30 foiz mablag‘ samarasiz sarflanayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Yurtimizda birlamchi tibbiy-sanitariya uchun ajratilayotgan mablag‘ ulushi 35-40 foizni tashkil etadi. Xorijda esa bu ko‘rsatkich 60 foizdan oshadi.

Joylardagi sog‘liqni saqlash boshqarmalari byurokratik tuzilma bo‘lib qolgani, hududiy darajada kasalliklarni tahlil qilish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi. Tuman tibbiyot birlashmasi rahbari ayni paytda markaziy shifoxona bosh shifokori bo‘lgani sababli vaqti va mablag‘ning asosiy qismini kasalliklarni davolashga sarflamoqda.

Davlat rahbari kasalliklar profilaktikasi masalasiga alohida e’tibor qaratib, boshqaruv idoralari ishini aynan shunga yo‘naltirish lozimligini ta’kidladi. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng qaror toptirish, to‘g‘ri ovqatlanish va piyoda yurishning salomatlikka foydasini targ‘ib etish muhimligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан