Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor – tadbirkorligini qilsin, quruvchi – quruvchiligi bilan shug‘ullansin
12.05.2021 11:42,  
458

Bugun, 12 may kuni hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillikdagi ustuvor vazifalar yuzasidan bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida qurilish sohasidagi kamchiliklar tanqid qilindi.

Ta’kidlanganidek, birinchi chorakda markazlashgan investitsiyalar bo‘yicha rejaga nisbatan 2,7 trillion so‘mlik ishlar kam bajarilgan. Masalan, 175 ta uy-joylar massivining (1 mingta ko‘p qavatli uy) bor-yo‘g‘i 36 tasi bo‘yicha pudratchilar aniqlangan. Jumladan, Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Xorazmda ob’yektlar qurilish reytingi bo‘yicha mos kelmaydigan quruvchi tashkilotlariga berilgan.

Yig‘ilishda qurilish vaziri B.Zokirov reytingi bo‘lmasa ham uy-joylar qurilishiga tadbirkorlar pudratchi sifatida jalb qilinayotganini ma’lum qildi.

– Mana, Jizzax misolida ko‘rdik, uy-joy qurilishida qanday jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganini. Shunday ekan, reytingi bo‘lmasa quruvchi tashkilotlar tenderlarga jalb qilinmasligi kerak. Tadbirkor – tadbirkorligini qilsin, quruvchi – quruvchiligi bilan shug‘ullansin, – dedi Prezident.

Yig‘ilishda O.Ramatov, B.Zokirovga viloyat hokimlari bilan birga, ikki hafta muddatda 139 ta turar-joy massivi bo‘yicha tenderlarni yakunlab, qurilish ishlarini boshlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан