Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan O‘zDJTSUda kontrakt asosida o‘qiydigan sambochi qiz grantga o‘tkaziladigan bo‘ldi
13.11.2020 13:41,  
415

«Men sizlarning ko‘zlaringga qarab, ochiq muloqot qilgani keldim. Hamma yoshlar bilan ko‘rishishni xohlardim, lekin, afsuski, buning iloji yo‘q. Siz ularning vakillari o‘rnida joylardagi muammolarni, yoshlar istaklarini aytishingizni istardim. Shuning uchun qo‘rqmasdan, o‘z ota-onalaringga nima deyishni xohlasalaring, hamma fikrlaringni bemalol aytinglar», — deydi davlat rahbari.

Uchrashuvda yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ochiq muloqot bo‘lgan.

Qashqadaryo viloyatida 26 mingdan ziyod yoshlar ishsiz, tadbirkorlik rivoji mamlakatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha pastda ekani qayd etilgan.

Yigit-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, «Yoshlar – kelajagimiz» davlat dasturi doirasida yillik rejaga qo‘shimcha mablag‘ ajratish zarurligi ta’kidlangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari muboraklik yoshlarning taklifini qanoatlantirib, tumanda IT-park tashkil etish, elektron tijorat va dasturlash ko‘nikmalarini bepul o‘rgatish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq bergan. Kitob tumanidagi 150 o‘rinli Bolalar musiqa va san’at maktabida 310 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Mazkur muassasa o‘quvchilari uchun yetarli sharoit yaratish vazifasi qo‘yildi.

Viloyat yoshlarining sportga qiziqishini inobatga olib, maktablarda sport zallari qurish, majmualarda to‘garaklarni ko‘paytirish zarurligi aytilgan. Inventarlar va anjomlar sotib olish uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hisobidan 10 milliard so‘m ajratishga ko‘rsatma berilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yaqinda Serbiyada o‘tgan sambo bo‘yicha jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Musharraf Ibodullayeva davlat granti asosida o‘qishga o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Uchrashuvda turli sohalarda o‘qiyotgan va ishlayotgan yoshlarning fikrlari eshitildi. Takliflari ma’qullanib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

«Mendan eng katta maqsad-muddaong, baxting nima, deb so‘rasalaring, shunday degan bo‘lardim: yoshlarimizning dunyoqarashini jahon darajasiga ko‘tarish, ishli qilish, g‘urur-iftixorini yuksaltirish, oilaviy baxtini ko‘rish», — deya ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан