Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev tanqid qilgan Namangandagi «Bunyodkor» mahallasiga bloger rais etib saylandi
11.07.2021 08:49,  
149

Yangi Namangan tumani hokimligi tavsiyasiga binoan Jobirxon Alixonov «Bunyodkor» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi etib saylandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Undan oldin mazkur lavozimda Yangi Namangan tumani hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Obidxon Dadashev faoliyat yuritgan.

«Asli kasbi feldsher bo‘lgan, Namangan shahridagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining travma punktida uzoq yillardan buyon ishlab kelayotgan Jobirxon Alixonov Facebook, Telegram kabi ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkir, dolzarb mavzulardagi chiqishlari bilan e’tibor va hurmat qozongan.

U ayni vaqtda mahalliy davlat hokimiyati idoralari va jamoatchilik o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni yanada yaxshilash, saxovat tadbirlarida ham faolligi bilan tanilgan», – deyiladi Namangan viloyati hokimligi xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан