Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev tibbiyot tizimida qog‘ozbozlik, byurokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish haqida gapirdi
18.05.2021 19:03,  
496

Ayni paytda davlatimiz rahbari boshchiligida tibbiyot sohasidagi islohotlar ijrosiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. «Xalq so‘zi»  xabar berishicha, videoselektorda Prezidentimiz tibbiyot tizimida beshta yo‘nalishda jiddiy o‘zgarishlar qilish shartligini qayd etgan.

Birinchisi – birlamchi tibbiyot bo‘g‘inini kasallikni erta aniqlaydigan va davolaydigan tizimga aylantirish.

Ikkinchisi – ixtisoslashgan markazlar tomonidan joylarda tor doiradagi tibbiy xizmatlar hajmini oshirish va sifatini tubdan yaxshilash.

Uchinchisi – raqamlashtirish orqali sohada qog‘ozbozlik, byurokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish.

To‘rtinchisi – tibbiyotning barcha yo‘nalishlarida raqobatning rivojlanishi va xususiy sektor jadal kirib borishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.

Beshinchisi – tibbiyot xodimlarining bilimini oshirish, ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish.

— Bu ishlarni vazir, vazir o‘rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar tibbiyot rahbarlarining hammasi ham aniq tushunib, ishlayaptimi, degan savolga, afsuski, hozircha javob yo‘q, — dedi davlatimiz rahbari.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан