Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi
14.05.2021 17:32,  
78

Shavkat Mirziyoyev 14 may kuni qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Toshkentda bo‘lib turgan Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuvda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbari ikki mamlakat yetakchilarining siyosiy irodasi va qat’iy sa’y-harakatlari tufayli o‘zaro hamkorlikda erishilgan hozirgi yuksak darajani katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Qohir Rasulzoda O‘zbekiston Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda savdo, mashinasozlik, energetika, qazib olish sanoati, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, transport, turizm va sog‘liqni saqlash sohalaridagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, hududlar va biznes darajasidagi faol muloqotlar hamda madaniy-gumanitar almashinuv dasturlari davom ettiriladi.

Tojikiston bosh vaziri ikki davlat rahbarlarining bo‘lajak sammitiga birgalikda har tomonlama tayyorgarlik ko‘rishga, shuningdek, birodar mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi keng ko‘lamli sheriklikni mustahkamlashga bor kuch-g‘ayratini qaratishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligidagi delegatsiya 14 may kuni Toshkentga keldi. Delegatsiya 14—15 may kunlari O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 8-yig‘ilishida ishtirok etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан