Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Tolibon vakilining ikki yil oldin bergan va’dasi haqida gapirdi
27.08.2021 14:29,  
324

Ma’lum bo‘lishicha, Prezident viloyatga tashrifi davomida faollar bilan uchrashgan va Afg‘onistondagi vaziyat masalasiga to‘xtalib o‘tgan. Shavkat Mirziyoyev qo‘shni davlatda sodir bo‘lgan vaziyat hammani o‘yga solishi tabiiy ekanini aytdi. Davlat rahbari O‘zbekistonning mudofaa qudrati har qanday vaziyatga tayyorligini, vaziyat nazorat qilib turilganini ta’kidladi.

Lekin meni o‘ylantirgani — ular bizning jonajon qo‘shnimiz, ular ham ko‘chib keta olmaydi, biz ham. Mana, kechadan boshlab jafokash afg‘on xalqiga ko‘mak bo‘lish maqsadida Hayraton ko‘prigini vaqtincha ishga tushirdik. Chunki Afg‘oniston xalqi hozir yordamga muhtoj, agar ular tinchlik sari harakat qilsalar, biz ularga ko‘makchi bo‘lamiz, — dedi davlat rahbari.


Prezident Tolibon bilan kecha yoki bugun emas, hali hech qaysi davlat ular bilan gaplashmaganida, ikki yil oldin ular bilan muloqot qilishga topshiriq berganini esladi.

Televizorda ko‘rgan bo‘lsangiz, ularning Dohadagi rahbari Mulla Abdul G‘ani Barodar janobi oliylari ham o‘shanda O‘zbekiston xalqiga, O‘zbekiston tomoniga birorta o‘q otilmasligi bo‘yicha va’da bergandi. Va’dasiga vafodor bo‘lib turgani uchun ham ular bilan muloqot qilishimiz tabiiy, — dedi Prezident.

 

Menga xalqimning tinchligi kerak, osoyishtaligi kerak. Kim bo‘lishidan qat’i nazar ular bilan muloqot qilaman. Faqat va faqat o‘zbek xalqimning, jonajon O‘zbekistonning tinchligiga ta’sir ko‘rsatadigan omil bo‘lsa, kim bo‘lishidan qat’i nazar gaplashaman, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.


Davlat rahbari shunday voqea bulishini ikki yil oldin bilganini ta’kidladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан