Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Toshkentda ilk ochilgan Prezident maktabiga tashrif buyurdi (foto)
10.09.2019 17:14,  
108

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 sentyabr kuni Toshkent shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Prezident maktablarning birinchisi poytaxtimizda foydalanishga topshirildi. 168 o‘ringa mo‘ljallangan maktab binosi va yotoqxona, 15 o‘rinli o‘qituvchilar mehmonxonasi yuksak darajada bunyod etildi.

Joriy yilda maktabning 5-10-sinflari uchun hujjat topshirgan 7 mingga yaqin o‘quvchidan 144 nafari o‘qishga qabul qilindi. Kanadaning “Teachaway” va Buyuk Britaniyaning “TIC Recruitment” rekruting kompaniyalari bilan hamkorlikda maktabga 30 nafar chet ellik mutaxassis tanlab olindi. Shuningdek, 72 nafar tajribali va malakali mahalliy o‘qituvchi ham jalb qilindi. Ta’limda STEAM yondashuviga oid darslik va o‘quv qo‘llanmalari olib kelindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.

- Bu hayotingizdagi birinchi sinov bo‘ldi. Mehnat, bilim, adolat nima ekanini ko‘rdingiz. Sizlarni shunday nufuzli maktabga munosib bo‘lganingiz bilan chin yuragimdan tabriklayman. Siz endi O‘zbekistonning “oltin fondi”sizlar, - dedi Prezident. - Xalqning, mamlakatning buyukligini tarannum etadigan narsalar ko‘p. Lekin eng afzali bilim bilan namoyon etish. Yoshlarimiz orasidan Xorazmiylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar chiqishiga barcha asoslarimiz bor. Bugun tarixiy kun. Ilgari yurtimizda bunday sharoit bo‘lmagan. Endi chet eldan nufuzli mehmonlar kelsa, katta-katta zavodlarni emas, Prezident maktablarini ko‘rsatamiz. Sizlar bilimingiz, yurish-turishingiz, vatanparvarligingiz bilan hamma yoshlarga namuna bo‘lishingiz kerak. Kelgusida O‘zbekiston taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatadigan kuch bo‘lasizlar.

O‘quvchilarning ota-onalari va ilm-fan namoyandalari bilan uchrashuvda O‘zbekistonda uchinchi renessans davri boshlanayotgani ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev Prezident maktabining faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirdi, maktabning ilk o‘quvchi va o‘qituvchilari bilan suratga tushdi.

Prezident maktablari joriy yilda Nukus, Xiva va Namangan shaharlarida ham ochiladi. 2020 yilda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida, 2021 yilda Andijon, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qurilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан