Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidentiga hamdardlik bildirdi
30.10.2020 21:49,  
356

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiyaning g‘arbiy hududlarida yuz bergan tabiiy ofat – kuchli zilzila oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani, ko‘plab fuqarolar jarohat olgani hamda katta talafot ko‘rilgani munosabati bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga ta’ziya yo‘lladi

Davlat rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatlarda shifo topishini tiladi.

Bugun Turkiyaning Izmir provinsiyasida 6.6 balli kuchli zilzila ro‘y berdi. Hozircha olti kishi halok bo‘lgani va 200 dan ortiq kishi jarohatlangani aytilmoqda.

Izmir shahrida 20 dan ortiq uy, xususan, ko‘p qavatli uylar qulab tushgan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан