Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumani «To‘raqo‘rg‘on» mahallasiga tashrifi davomida o‘yingohda o‘ynayotgan bolalar va sut mahsulotlari sotuvchisi bilan suhbat qildi
15.05.2021 08:57,  
534

Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumani «To‘raqo‘rg‘on» mahallasiga tashrifi davomida o‘yingohda o‘ynayotgan bolalar va sut mahsulotlari sotuvchisi bilan suhbat qildi.

«Hamma qilayotgan sharoitlarimiz sizlarni sog‘lom, baquvvat, ilmli, o‘qimishli bo‘lishlaring uchun qilinyapti. Bir daqiqa ham vaqtlaring kitobsiz o‘tmasa, ertaga mana shu vatanimizga sadoqatli, vatanimizga kerakli mutaxassislar bo‘lib voyaga yetasizlar. Mani nomimdan ota-onangizga, aka-ukangizga salom deb qo‘yinglar», — dedi Prezident bolalar bilan suhbatda.

Shundan so‘ng Prezident sut mahsulotlari do‘koni sotuvchisi bilan ham suhbatlashdi.

Prezidentning mahsulotlar sotilmasdan turgani haqidagi savoliga sotuvchi mahsulotlar, asosan, kam muddat saqlanishi, har kuni yangi mahsulotlar kelinishi bilan javob qaytardi.

«Hozir mahsulotlarni sizga sottirmagan-da, Prezident kelib-ketsin, keyin sotasiz degandir-da», — dedi Prezident kulib.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан