Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on qardosh xalqlarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi
4.06.2019 18:05,  
14

Shavkat Mirziyoyev 4 iyun kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat avvalida Prezidentlar qutlug‘ Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlari va qardosh xalqlarni qizg‘in muborakbod etib, ezgu tilaklarini izhor qildi.

Davlat rahbarlari mamlakatlar o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro ishonch va strategik sheriklik ruhidagi aloqalar barcha sohalarda, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik yo‘nalishlarida jadal rivojlanib borayotganini alohida e’tirof etdi.

Joriy yilning dastlabki to‘rt oyida o‘zaro savdo aylanmasi hajmi 30 foizga o‘sgani, qo‘shma korxonalar soni oxirgi bir yarim yil davomida 2 barobarga ko‘paygani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.

Bundan tashqari, yetakchi turk kompaniyalari bilan bir qator yirik sanoat va infratuzilma loyihalari bo‘yicha birgalikda faol ishlar olib borilmoqda. Madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasida qo‘shma dasturlar amalga oshirilmoqda.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari raisligida oliy darajadagi o‘zbek-turk strategik hamkorlik kengashi ilk yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligi qayd etildi.

Shu maqsadda tomonlar yaqin istiqbolda tashqi ishlar vazirlari boshchiligidagi guruhlar uchrashuvi hamda hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib oldi.

Do‘stona va samimiy tarzda kechgan suhbat davomida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik boshqa dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан