Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on telefon orqali muloqot qilib, bir-birini Ramazon bilan tabrikladi
16.05.2019 12:37,  
2

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 15 may kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog‘ida har ikki davlat rahbarlari kirib kelgan muborak va qutlug‘ Ramazoni sharif munosabati bilan bir-birlariga o‘zlarining qizg‘in tabriklarini chin dildan izhor etib, eng ezgu va samimiy tilaklarini bildirdi.

Prezidentlar an’anaviy do‘stlik, qardoshlik hamda strategik sheriklikka asoslangan hamkorlik aloqalari barcha sohalarda, jumladan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda tobora jadallashib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Tomonlar oliy darajadagi o‘zbek-turk strategik hamkorlik kengashining ilk yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Do‘stona ruhda kechgan muloqot chog‘ida davlatlar rahbarlari har ikki xalqqa farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va bardavom yuksalish tiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан