Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tug‘ilgan kuni bilan tibrikladi
7.10.2020 14:18,  
146

7 oktyabr, chorshanba kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar beradi prezident matbuot xizmati.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Rossiya yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, do‘st Rossiya xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi, xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston Prezidenti koronavirusga qarshi kurashishda ko‘rsatilgan amaliy yordam, jumladan, Rossiyadan vrach va mutaxassislarning katta guruhi yurtimizga jo‘natilgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Davlat rahbarlari, shuningdek, mintaqada yuzaga kelayotgan vaziyatni muhokama qildilar.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1952 yil 7 oktyabr kuni Sankt-Peterburgda tavallud topgan.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан