Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev yana bir bor Sardobaga keldi
3.05.2020 18:36,  
866

«O‘zbekiston 24» xabariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori devorlarini mustahkamlash ishlari amalga oshirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun  yana bir bor omborni tiklash bo‘yicha bajarilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Mutasaddilar toshqindan zarar ko‘rgan hududlarni tozalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning borishi haqida davlat rahbariga axborot bergan.

«Prezidentimiz inshootni tezroq tiklash va aholi uchun yetarli shart-sharoit yaratishga qaratilgan qo‘shimcha topshiriqlar berdi», – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 1 may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori dambasining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgandi. Oqibatda Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan. Mutaxassislarning fikricha, suv ombori to‘g‘oni buzilib, suv toshib chiqishiga kuchli yomg‘ir va shamol sabab bo‘lgan. 2 may tongi holatiga ko‘ra, 70 mingga yaqin aholi xavfsiz hududga ko‘chirilgan, kamida 56 kishi turli tan jarohatlari bilan kasalxonalarga yotqizilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан