Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev yangi qonunni imzoladi
6.06.2021 08:14,  
1249

Shavkat Mirziyoyev tomonidan «O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida»gi qonun imzolandi.

Qonunga ko‘ra, ikki yoki undan ortiq davlat fuqaroligiga ega chet el fuqarolari qaysi davlat fuqaroligiga mansubligi to‘g‘risidagi hujjatlar bo‘yicha O‘zbekistonga kirgan bo‘lsa, O‘zbekistonda o‘sha davlatning fuqarolari hisoblanadi.

O‘zbekistondagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi.

O‘zbekistonda doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga – ular 16 yoshga to‘lganida yoki ota-onasining, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra – bola tug‘ilgan paytidan e’tiboran va 16 yoshga to‘lguniga qadar identifikatsiyalovchi karta beriladi.

Identifikatsiyalovchi karta quyidagi amal qilish muddatlariga beriladi:

yangi tug‘ilgan bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 2 yilga;
bir yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga – 5 yilga;
16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga – 5 yilga;
60 yoshdan oshgan shaxslarga – 10 yilga.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан