Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri va xalqiga hamdardlik bildirdi
8.07.2020 10:28,  
375

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning Kumamoto va Kagosima prefekturalarida ro‘y bergan tabiiy ofat tufayli ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan mamlakat Bosh vaziri Sindzo Abega hamdardlik bildirdi.

Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Yaponiyada 145 ming kishi evakuatsiya qilinadi

Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolariga samimiy ta’ziya izhor qilib, jarohat olganlarning tez fursatda shifo topishini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiyaning janubi-g‘arbidagi kuchli yog‘ingarchilik tufayli, Kumamoto prefekturasida 100 mingga yaqin odam evakuatsiya qilindi.

Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Yaponiyada 52 kishi halok bo‘ldi

Kagosima va Kumamoto prefekturalarida yomg‘ir tufayli eng yuqori darajadagi, beshinchi darajadagi xavf e’lon qilindi. Ushbu daraja mahalliy aholi uchun «Hayotingizni asrang!» degan ma’noni anglatadi. Metrologiya xizmatining ogohlantirishicha, yomg‘ir shu darajada kuchli bo‘ladiki, mahalliy aholi hayoti davomida bunaqasini ko‘rmagan.

Hozirgacha, kuchli yog‘ingarchilik tufayli mamlakatda 52 kishi halok bo‘ldi, ikki kishi og‘ir ahvolda, 12 kishi esa bedarak yo‘qoldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан