Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning yangi bosh vaziriga tabrik yo‘lladi
17.09.2020 09:56,  
47

Avval xabar qilganimizdek, kecha Bosh vazir boshchiligidagi Yaponiya hukumati to‘liq tarkibda iste’foga chiqdi. Vazirlarning har biri bu borada Bosh vazir Sindzo Abega yozma murojaat qilgan.

Shuningdek, ovoz berish natijalariga ko‘ra Abening partiyasi Liberal demokratik partiya vakili Yosixide Suga bosh vazirlikka saylandi. Parlamentdagi 462 deputatdan 314 nafari uni yoqlagan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Yosixide Sugaga uning mamlakat Bosh vaziri etib saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Maktubda ikki tomonlama munosabatlarda yuksak darajaga erishilgani ta’kidlangan hamda O‘zbekiston-Yaponiya strategik sherikligi bundan buyon ham izchil mustahkamlanib borishiga ishonch bildirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан