Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev YeTTB prezidentini qabul qildi
11.06.2019 10:31,  
6

O‘zbekiston prezdenti huzurida xorijiy investorlar kengashi tashkil qilinadi. Bu haqida kecha 10 iyun kuni Shavkat Mirziyoyev va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti uchrashuvida ma’lum bo‘ldi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini va kreditlarni o‘zlashtirishni tezlashtirish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini shakllantirishga ko‘rsatilayotgan ko‘makni kengaytirish masalalari batafsil ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti huzurida Xorijiy investorlar kengashini tashkil etish va uning birinchi majlisiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

YeTTB rahbari samimiy qabul uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning sur’ati, ko‘lami va amaliy natijalarini yuksak baholadi.

Suma Chakrabarti Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston Respublikasi bilan ko‘p qirrali sheriklikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va davom ettirish borasida qat’iy ekanini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, bu YeTTB rahbarining so‘nggi ikki yil davomida O‘zbekistonga amalga oshirgan uchinchi tashrifidir. O‘tgan yil oktyabr oyida YeTTBning O‘zbekiston bo‘yicha strategiyasi qabul qilindi.

YeTTB ekspertlari ko‘magida energetika, bank va moliya sohalari, kapital bozorini rivojlantirish va mamlakatimizda raqobat muhitini yaxshilash bo‘yicha islohotlar ishlab chiqilmoqda va amalga oshirilmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан