Shavkat Mirziyoyev:"Hamma joyda korrupsiya. Bu bog‘cha emas. 35 millionlik aholini boqish kerak”

Shavkat Mirziyoyev:

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 yanvardagi yig‘ilishda Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevga tumanlarda korrupsiya sabablarini o‘rganish topshirig‘ini berdi. Bu haqda “Газета.uz” muxbiri xabar berdi.

“Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev bir oydan keyin Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Milliy kengash yig‘ilishini o‘tkazadi. Shu vaqt ichida u har bir tumanga tashxis qo‘yadi, nega “kasallangan”, nega “tuzalmayapti”, kim ularni qo‘llab-quvvatlayapti.

Suvga, svetga shuncha qarz olindi. Hamma joyda o‘g‘irlik. Maktab, kollejlar qurilishida ham. Hamma joyda korrupsiya. Bu bog‘cha emas. 35 millionlik aholini boqish kerak”, dedi davlat rahbari.

Prezident bosh prokuror korrupsiyaga botgan odamlarning ro‘yxatini tuzishini va “ularning masalasi keyin ko‘rib chiqilishini” ma’lum qildi.

“Hamma joyda korrupsiya. Agar energetika tizimini 30 yilda to‘g‘ri yo‘lga qo‘yganimizda edi, muammo bo‘lmas edi”, degan davlat rahbari, energetika sohasiga to‘xtalib o‘tgan nutqida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident shu hafta davomida yana bir vazir va hokim lavozimdan olinishi haqida ma’lumot bergandi.