Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev:"Majlis o‘tkazgan hokim ishdan ketadi"
10.02.2021 20:34,  
1585

Selektor yig‘ilishini o‘tkazayotgan Shavkat Mirziyoyev hokimlardan majlisbozlikni yig‘ishtirib, amaliy ishga o‘tishni talab qilgan. Bu haqda EuroAsia xabar berdi.

 

«Majlis o‘tkazgan hokim ishdan ketadi. Amaldorlarimiz mahallaga tushib, odamlar orasida o‘tkazsin yig‘ilishini. Men ko‘rgan mahallani hokimlar ham ko‘rsin, o‘sha mahalla xidini tatib ko‘rsin. 10-15 kishidan ortiq odamni yig‘ib, majlis qilmoqchi bo‘lgan hokim Bosh vazirdan ruxsat so‘rashi kerak. To‘rt-besh soatlab majlisbozlik qilishni yig‘ishtirish lozim. Bu vaqt ichida qancha ish qilib yuborish mumkin», – degan davlat rahbari.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev mahalla raisi va profilaktika nozirini majlisga chaqirishni bas qilish shartligi, Toshkentdan borib viloyat va tumanlarda yig‘ilish o‘tkazish man etilishi haqida ta’kidlagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан