Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyevni Qosim-Jo‘mart To‘qayev kutib oldi
5.12.2021 19:35,  
99

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 5 dekabr kuni davlat tashrifi bilan Nur-Sulton shahriga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahriga keldi.

Nursulton Nazarboyev nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. 

Davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev kutib oldi. Ikki mamlakat yetakchilarining qisqa suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 6 dekabrga mo‘ljallangan. Oliy darajadagi muzokaralarda siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiyot va transport-logistika sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish iqtiqbollari muhokama qilinishi, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv natijalari bo‘yicha  20 dan ortiq hujjat imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан