Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shaxmatchi Nodirbek Abdusattorovga sovg‘a qilingan 2 xonali kvartira qaytarib olingani haqidagi xabarga izoh berildi
8.01.2022 09:18,  
1917

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda shaxmatning rapid yo‘nalishida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Nodirbek Abdusattorovga prezident farmoniga asosan sovg‘a qilingan 2 xonali kvartiraning kaliti qaytarib olingani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Turizm va sport vazirligi mazkur xabarlarga izoh berdi.

Qayd etilishicha, yosh chempionga Toshkent shahri Mahtumquli ko‘chasi 91/1 uy manzilidan ikki xonali kvartiraning kaliti topshirilgan.

"Bugun Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Fahriddin Davrukov dunyo tarixidagi eng yosh jahon chempioni va uning ota-onalarini prezident sovg‘asi bo‘lmish 2 xonali kvartira bilan tanishtirdi.

Tez kunlarda qonunchilikda belgilangan rasmiyatchilik ishlari yakunlanib, ushbu xonadon Nodirbek Abdusattorovga topshiriladi", - deyiladi vazirlik xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан