Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shayx Alouddin Mansur vafot etdi
13.10.2020 16:33,  
1308

Taniqli o‘zbek ulamolaridan, Qur’oni karim ma’nolarining tarjimoni Shayx Alouddin Mansur vafot etdi.

Shayx Alouddin Mansur 1952 yilda Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh viloyatining Qorasuv shahrida tug‘ilgan. Zamonasining atoqli olimlaridan tahsil olib, ilmini kamolga yetkazdi.

Olim Qur’oni karim ma’nolarining o‘zbekcha izohli tarjimasini tayyorlashdek ulkan vazifani sharaf bilan ado etdi hamda uning tarjimasi O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari boshqarmasi o‘tkazgan tanlovda eng yaxshi deb topildi. Kitob 1991-1993 yillarda avval «Sharq yulduzi» jurnalida, keyin G‘afur G‘ulom va «Cho‘lpon» nashriyotlarida bir million nusxada bosildi.

Shundan keyin u 2000 yilda Qorasuv shahrida «Qur’oni karimni o‘rganish ilmiy markazi» tashkil etib, Qur’oni karim ma’nolarining rus (Alisher Ahmad bilan hamkorlikda) va qirg‘iz tillariga tarjima qildi.

So‘nggi yillarda u Qur’oni karimning imkoni boricha kengroq tafsirini tayyorlash ustida ish olib bordi. Qirg‘izistonda shayxning ko‘p jildli “Qur’oni azim tafsiri” chop etilgan.

Shayxning «Imom A’zam buyuk imomimiz» nomli asari O‘zbekistonda chop etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан