Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shayx hazratlarining kitoblari asosida savol-javob dasturi tuzildi
18.05.2020 05:27,  
1203

Ramazon oyida “Hilol-Nashr” nashriyoti yurtimiz musulmonlari uchun yana bir tuhfa – fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblari asosida savol-javob dasturini tayyorladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hozircha shayx hazratlarining 10 ga yaqin kitobidan tayyorlangan savol-javoblar dasturga kiritilgan. Yana bir nechta kitoblar bo‘yicha savol-javoblar tayyorlanib, dasturga qo‘shish rejalashtirilgan.

“Hilol-Nashr” nashriyotining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida jumladan bunday deyiladi: “Agar sizda ham ustozimizning asarlari asosida savol-javob tuzish istagi bo‘lsa, boshqalarga ilm tarqatish xohshi bo‘lsa, biz bilan bog‘laning va o‘zingiz yoqtirgan kitoblardan savol-javob tuzing. Unutmang, siz sabab bir odam ilm o‘rgansa, manfaat olsa, bu siz uchun hadisda keltirilgandek “qizil tuyalardan ham yaxshiroqdir”.

Dasturni ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан