Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Olam va odam, din va ilm» nomli yangi kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi (foto)
14.09.2019 15:44,  
2230

2019 yil 14 sentyabr kuni «Hilolnashr» nashriyot-matbaasida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh qalamiga mansub «Olam va odam, din va ilm» nomli yangi kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda kitobxonlar, diniy soha vakillari, yozuvchi va adiblar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Taqdimotda Hilolnashr» nashriyot-matbaasi rahbari Ismoilxon Muhammad Yusuf, taniqli yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad, Shayx Muhammad Sodiqning yaqin safdoshlaridan Zokirjon domla, Hasanxon Yahyo Abdulmajid, yozuvchi Erkin Malik «Olam va odam, din va ilm» kitobi bo‘yicha o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Taniqli yozuvchi, filologiya fanlari doktori, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ilk kitoblari muharriri Xurshid Do‘stmuhammad «Olam va odam, din va ilm» kitobining ilmiy qimmati haqida gapirib, nashrda yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklarni ham ta’kidladi.

«Hilolnashr» zamonaviy baytul hikma bo‘lsa: kitoblarni chiqarish, ommalashtirish, tadqiq etish, o‘qitish, o‘rganish diniy markazi bo‘lsa, ne ajab. Yurtimizdagi bu sohaning mutaxassislarini bir yerga jamlab, dinni ilmiy asosda o‘rganish vaqti yetdi», dedi Xurshid Do‘stmuhammad.

Ushbu kitobda olam va odam, din va ilm borasida Islom va G‘arbning qarashlari haqida bahs qilinadi. Xususan, ilm, poklik, falsafa, insonning yaralishi va boshqa mavzular batafsil bayon qilingan. Kitob mavzusiga mos ravishda dalil keltirish ham boshqa kitoblardan farqli bo‘lib, dalillar asosan g‘arbliklarning manbalaridan keltirilgan. Shu bilan birga, Islom haqidagi ma’lumotlar oyat va hadislardan ham dalil bilan quvvatlangan.

Ta’kidlash joizki, «Olam va odam, din va ilm» kitobi muallif vafotidan keyin chiqarilayotgan u kishining to‘rtinchi kitobi hisoblanadi. Xususan, 2016 yilda «Islom tarixi», 2018 yilda «Naqshbandiya: vazifalar, zikrlar», 2019 yilda «Qur’on va sunnatdagi ilmiy mo‘’jizalar» kitobi nashrdan chiqdi.

Bundan tashqari, shu yillar mobaynida shayx hazratlari tomonidan tarjima qilingan yana ikkita kitob - «Saraxs axdi so‘ragan masalalar. Kasbning bayoni» va «Faqih imomlar ixtilofida hadisi sharifning o‘rni» nomli kitoblar nashr etildi.

Umumiy hisobda esa shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarning 100 dan ortiq kitoblari nashr etilgan bo‘lib, ularning yozilishidan asosiy maqsad, muallifning o‘zi ta’kidlaganlaridek, sof aqiyda va musaffo Islomga intilish, mutaassiblik va bit’at-xurufotlarni yo‘qotish, islomiy ma’rifatni yoyish, Qur’on va sunnatni o‘rganib ularga amal qilishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Muallifning hali nashrdan chiqib ulgurmagan yana 15 dan ortiq mualliflik asarlari va tarjimalari bo‘lib, navbati bilan bu kitoblarni ham nashrga tayyorlab chop etish rejalashtirilgan.

​​​​​​​

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан