Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shayxontohur va Sergeli tumanlarida ham sport majmualari bemorlar uchun tayyorlanmoqda
25.07.2020 21:18,  
201

Shayxontohur tumanining "Yoshlik" sport majmuasida koronavirus tashhisi qo‘yilgan bemorlarni davolash uchun maxsus shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Hozirda majmuaning 3 ta zalini qayta jihozlash ishlari olib borilmoqda.

Bu maskan 520 nafar bemorlarning salomatligini tiklash uchun zarur bo‘lgan tibbiy jihoz va uskunalar bilan ta’minlanadi. Buning uchu majmua IVL va SIPAP apparatlari, kislorod balonlari va boshqa zamonaviy texnikalar bilan ta’minlanmoqda.

Shuningdek, 150 nafar tibbiyot sohasi mutaxassislari uchun ham yotoqxona tayyorlanadi.

Shuningdek, Sergeli tumanining 2-bolalar va o‘smirlar sport majmuasida ham 250 o‘rinli davolash maskani tashkil etilmoqda.

Bu yerda tibbiyot xodimlari uchun binoning hovlisida maxsus palatkalar qurilmoqda.

Ayni paytda maskanni eng zarur bo‘lgan tibbiyot uskunalari bilan jihozlash ishlari davom etmoqda.

Har ikki maskanda ham shifoxonalardek, sharoitni yaratmsh uchun mutaxassislar bilan hamkorlikda, ularning tavsiya va ko‘rsatmalari bilan ish olib borilmoqda.

Ushbu yangi quvvatlar yaqin kunlarda foydalanishga topshiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан