Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shayxontohur va Yangihayot tumanlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi
1.12.2021 17:29,  
79

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Shayxontohur tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “U-B.” MChJga qarashli dorixona sotuvchilari xaridorga 35 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 700 ming so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, ushbu dorixonadan sotish uchun mo‘ljallangan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan jami 1597 dona “Zardeks” va 1413 dona “Karbamazepin” nomli dori vositalari, yana 90 dona qizil va oq rangli nomsiz dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.A. xaridor N.ga 49 dona kuchli ta’sir qiluvchi “Tropikamid” va 50 dona “Selofen” nomli dori vositalarini 4,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан