Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sheroboddagi masjidda 46 yoshli fuqaro masjid kotibini pichoqladi. Jabrlanuvchi shifoxonaga olib ketilayotganida vafot etdi
23.12.2020 07:58,  
1376

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi jome masjidida qotillik yuz berganligi haqida xabar tarqalgan. Xabarda tumandagi mahallalardan birining imom vakili masjid hisobchisini pichoqlagani aytilgan. Bosh prokuratura axborot xizmati mazkur holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, 22 dekabr kuni soat 09:30 da Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida joylashgan jome masjidi binosi ichida 1974 yilda tug‘ilgan ishsiz fuqaro M.Sh. shu masjidning kotibi Sh.G. bilan o‘zaro janjallashib, o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan unga tan jarohati yetkazgan.

Jabrlanuvchi Sh.G. olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonaga olib ketilayotganida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan M.Sh.ga Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u protsessual tartibda ushlangan. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан