Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sherzod Qudratxo‘jayev press-klub atrofida bolalayotgan mish-mishlarga aniqlik kiritdi
24.08.2017 15:50,  
23

Xalqaro Press-klub o‘z faoliyatini davom ettirmoqda, deb xabar qildi o‘zining Facebookdagi sahifasida bugun Xalqaro Press klub raisi Sherzod Qudratxo‘jayev.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval qator ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston MTRK Media markazida 21 avgust kuni MTRK jurnalistlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda Bosh vazir Abdulla Aripov Xalqaro press klub markazi rahbari, jurnalist Sherzod Qudratxo‘jayev olib borayotgan jonli ko‘rsatuvlarini tanqid ostiga olib, uni "haddidan oshib ketganlikda" ayblaganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Xalqaro Press-klub raisi Sherzod Qudratho‘jayev o‘z postida quyidagilarni bayon etgan:

"Hurmali hamkasblar, aziz do‘stlar!

Shu kunlarda mening internetdagi shaxsiy manzilimga va ijtimoiy tarmoqlarga turli xat va xabarlar kelmoqda. Shu munosabat bilan alohida ta’kidlamoqchimanki, bitta kichik voqea atrofida Xalqaro Press klub va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi faoliyati doirasidan chiqib ketayotgan asossiz gap so‘zlar tarqatilib, noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.

O‘zbekistonda tarixan qisqa davrda shiddatli va keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Har bir soha tubdan modernizatsiya bosqichidan o‘tmoqda. Xalq bilan samimiy va ochiq muloqot olib borilmoqda. Davlat va nodavlat tashkilotlari bugun mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlangan islohotlarning izchilligini ta’minlash maqsadi atrofida birlashgan.

Aynan mana shu uyg‘unlik jamiyatimizda yangi davr boshlanganidan darak beradi.

Bu islohotlarni amalga oshirishda bugun Prezident komandasi: Bosh vazir, vazirlar, hokimlar, tadbirkorlar, ijod ahli, fermerlar, yoshlar, umuman jamiyatimizning barcha qatlamlarini qamrab olgan. Xalqaro Press klub NNT ham o‘zini mana shu katta komandaning a’zosi deb biladi. Shuning uchun ham u davlat va nodavlat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov Xalqaro Press klub tashkil bo‘lganidan to shu kungacha uni qo‘llab — quvvatlab kelmoqda. Tashkiliy masalalarni hal etishda yaqindan yordam ko‘rsatmoqda. Biroq ish jarayoni doim ham tekis va silliq kechmaydi. Shunday alohida holatlardan mamlakatda demokratiya islohotlari to‘xtagani, so‘z erkinligi poymol qilinayotgani haqida global xulosalar qilish mutlaqo noto‘g‘ri va o‘rinsizdir. Shu kunlarda internetda o‘ta faol muhokama qilinayotgan ushbu mavzu lokal xarakterga ega edi. Va uni jamiyatimizda kechayotgan boshqa islohotlarga soya soladi deb talqin qilish asossizdir.

O‘zbekiston tarixiy burilishlar davrini boshdan kechirmoqda. Biz bitta ish, bitta maqsad va bitta g‘oya atrofida jipslashganmiz.

Biz Prezident Shavkat Mirziyoyevning yagona komandasidamiz. Xalqaro Press klub o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. U hech qachon to‘xtamagan. Oldinda bizni juda muhim va dolzarb muloqotlar, yangi fomatdagi uchrashuvlar kutmoqda" — deb o‘z xabariga yakun yasagan Sherzod Qudratxo‘jayev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан