Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sherzod Shermatov: muhokamalarga sabab bo‘lgan qaror Konstitutsiyaga zid emas
19.06.2019 19:54,  
19

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov jurnalistlar tomonidan qo‘shimcha kvotaning pullik bo‘lishi Konstitutsiyaga zid emasligini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov jurnalistlarning savollariga javob qaytarmoqda.

Jurnalistlar tomonidan qarordagi qo‘shimcha kvotaning pullik bo‘lishi Konstitutsiyaga zid emasmi, degan savol o‘rtaga tashlandi.

Sherzod Shermatov Konstitutsiyaga zid emas, deya javob berdi.

“Bu yerda hech kimning huquqi buzilmayapti. Qo‘shimcha kvota pullik bo‘lib hech bir bola ta’limdan qolib ketmaydi. Konstitutsiyada hamma bolasini bitta maktabga joylashtirsin, degan gap yo‘q. Maktab ishlari davlat nazoratidadir, deyilgan unda”, - dedi vazir.

Shuningdek, hech kim fuqarolarni bepul ta’limdan mahrum etmayotganini qo‘shimcha qildi.

Muhokamaga sabab bo‘lgan qarorda 2019—2020-o‘quv yili uchun bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish 2019 yil 20 iyundan boshlab Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bosqichma-bosqich joriy etilishi va maktablarga pullik qabullarning joriy qilish nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан