Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sherzod Xo‘jayev: Elektr energiyasi ta’minoti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 foizga ortgan
18.11.2020 18:09,  
103

– Hududlarimizdagi eng katta muammo energiya ta’minoti. Hisobotda energiya uzatishdagi yo‘qotishlar 9 mlrd kilovatt/soat deb ko‘rsatilgan. Bu ishlab chiqarilgan jami elektr energiyasining 18.8 foizini tashkil qilishi bildirilgan. Bu holatni qanday izohlaymiz? Yana bir masala – ko‘pchilik iste’molchilarning qo‘lida to‘lov kvitansiyalari bor, lekin pullari tushmagan. Bu muammo qanday yechiladi?

Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev:

– 18,8 foiz texnologik sarf va uzatishlardagi yo‘qotishni men sal boshqacharoq tushuntirgan bo‘lardim, bu faqat yo‘qotishlar emas, sohaning ichki iste’moli ham. Hech qaysi davlatda bu ko‘rsatkich 10-11 foizdan kam bo‘lmagan. Albatta bu 18,8 foiz katta ko‘rsatkich, lekin uni kamaytirish choralari ko‘riladi va dastlab 15 foizga, keyin 2030 yil 12,5 foizga tushirish mo‘ljallangan.

Tadbirkorlarga va aholiga elektr energiyasi yetkazilishi cheklanishi bo‘yicha shuni aytmoqchimanki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan elektr energiyasi yetkazish 5 foizga oshirilgan. Albatta, biz bu bilan o‘zimizni ovuntira olmaymiz. Ishlab chiqarish talabga ko‘ra bo‘lishi kerak. Keyingi yil kuz-qish mavsumigacha qo‘shimcha to‘rtta yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi va ishlab chiqarish hajmi yana 10 foizga oshirish ko‘zda tutilgan. Hisob-kitoblardagi noaniqliklarga kelsak, albatta bu muammo bor va uni tez orada bartaraf qilamiz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан