Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shifokor organizmning koronavirusga chidamliligini oshiradigan mahsulotlarni ma’lum qildi
18.03.2020 15:06,  
3107

Ispaniya ovqatlanish va diyetologiya akademiyasining mutaxassislari tushuntirishicha, oziq-ovqatning o‘zi koronavirusni oldini ololmaydi va albatta, uni davolamaydi ham. Ammo infeksiyadan himoyalanish va unga qarshi kurashish mexanizmlari, shuningdek organizmning tiklanish qobiliyati aynan ovqatlanish bilan chambarchas bog‘liqdir.

Shuning uchun tananing tabiiy himoyasini va infeksiyani keltirib chiqaradigan patogenli mikroorganizmlarga qarshi reaksiyani kuchaytirish uchun yetarli ovqatlanish kerak, dedi ovqatlanish mutaxassisi Alma Palau.

Ispaniyaning ovqatlanish va parhezlar akademiyasi prezidenti Juzeppe Russolilloning so‘zlariga ko‘ra, parhez "muvozanatli va xilma-xil" bo‘lishi kerak, hamda meva va sabzavotlar (prebiotiklarning manbai), don mahsulotlari, yog‘siz go‘sht, baliq, tuxum, sut mahsulotlari (probiotiklarning manbai) bo‘lishi kerak.

Ayniqsa, baliq, yong‘oq va zaytun moyi tarkibidagi omega-3 yog‘ kislotalariga alohida e’tibor qaratish lozim. Ular yallig‘lanishga qarshi ta’sir kuchiga ega bo‘lib, immunitetni yaxshilashga yordam beradi, deydi mutaxassis. Sog‘lom uyqu, jismoniy faollik va yomon odatlardan voz kechish immunitetni mustahkamlashga yordam beradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан