Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shifokorlarning beparvoligi tufayli tanasida 50 sm katetr sim qolib ketgan 63 yoshli bemor vafot etdi
8.04.2021 16:24,  
792

Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RShTYoIM) shifokorlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik, ehtiyotsizlik orqasida odam o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi — deya yozmoqda ’Xalq so‘zi’.

Unga ko‘ra, tergovga qadar tekshiruv harakatlarida, 2019 yilning 23 aprel kuni 63 yoshli Negmurat A. RShTYoIMga murojaat qilib, shifokorlar tomonidan unga «bo‘yin o‘ng ichki uyqu arteriyasi egriliklarini to‘g‘irlash, tomirda hosil bo‘lgan trombni olib tashlash uchun jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganligi va 2019 yil 10 oktyabr kuni Negmurat A. to‘satdan vafot etganligi aniqlangan.

Sud tibbiy ekspertizaning 2021 yil 8 yanvar kungi xulosasida Negmurat A.ning o‘limiga bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, uning pastki kovak venasida yot jism (50 sm katetr sim) qolib ketishi sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

Hozirda ayblanuvchilarning doirasini aniqlash, shifokorlarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан