Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shifokorlarga farmatsevtika tashkilotlari va dorixonalardan rag‘bat olish taqiqlanadi
16.06.2020 15:18,  
480

O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonuniga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi. Taklif etilayotgan qo‘shimchalar tibbiyot tashkilotlari va dorixonalar rahbarlari va xodimlarining huquqbuzarliklar sodir etishi hamda vakolatlarini suiiste’mol qilishga undovchi usullardan foydalanishi oldini olishga qaratilgan. Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, tibbiy muassasalar rahbarlari va tibbiyot xodimlariga quyidagilar ta’qiqlanadi:

- dori vositalarining savdo nomidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan, dori vositalarini ishlab chiqarish va (yoki) sotish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi tashkilotlar, dorixonalar, ularning filiallaridan hamda ularning nomidan faoliyat yurituvchi vakillar yoki boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan moliyaviy mukofotlar, moddiy va nomoddiy ko‘rinishdagi har qanday rag‘batlar olish;

- farmatsevtika tashkilotlari hisobidan amalga oshiriladigan ko‘ngilochar tadbirlarda ishtirok etish yoki sayohat qilish;

- farmatsevtika tashkilotlari, dorixonalar va ularning vakillari bilan dori vositalarini tayinlash yoki bemorlarga tavsiyalar berish bo‘yicha shartnomalar tuzish;

- farmatsevtika tashkilotlari va ularning vakillaridan dori vositalari namunalari va tibbiy buyumlarni olish, shuningdek dori vositalari va tibbiy buyumlarni bemorlarga va tibbiy muassasaga tashrif qiluvchilarga berish;

- dori vositalarini tayinlashda ushbu dori vositalari to‘g‘risida bemorlarga noaniq va (yoki) to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar berish, shuningdek tayinlanayotgan dori vositalari analoglarining muomalada mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni yashirish;

- farmatsevtika tashkilotlari vakillari bilan tibbiy muassasa hududida, shuningdek kasbiy faoliyatini amalga oshirishda uchrashish;

- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanmagan retsept blankalarida retsept yozish va berish.

Hujjatda qo‘shimcha qilingan tushuntirish xatida aytilishicha, taklif etilayotgan qo‘shimchani kiritish shifokorlar tomonidan dori vositalarini nooqilona tayinlash hamda manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlarining oldini olishga hamda shifokorlar va farmatsevtlar tomonidan dori vositalarini to‘g‘ri tayinlash va qo‘llash qoidalariga rioya etilishini ta’minlanishiga olib keladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан