Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shifokorlarning xatosi bilan 140 kishiga koronavirusga qarshi vaksina o‘rniga fiziologik eritma yuborilgan
25.04.2021 10:48,  
1684

Fransiyaning shimoli-sharqidagi Eperne shahridagi emlash markazida shifokorlarning xatosi bilan 140 kishiga vaksina o‘rniga fiziologik eritma yuborilgan. Bu haqda mahalliy "Le Point" gazetasi yozmoqda.

Hodisa 20 aprel kuni sodir bo‘lgan. Bunday eritmalar shifokorlar tomonidan turli xil protseduralar, shu jumladan, yaralarni tozalashda ishlatiladi. Mutaxassislar ushbu xatoni ertasi kuni sezib qolishgan.

Gazetaning yozishicha, emlash markazi shifokorlari zudlik bilan barcha «emlangan»lar bilan bog‘lanib, ular yaqin kunlar ichida haqiqiy vaksinani olishlarini aytishgan. Ulardan ayrimlari 23 aprel kuni vaksina qabul qilgan. Ushbu anglashilmovchilikning sabablari haqida ma’lum qilinmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан