Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shifoxonalarda koronavirusga tekshirilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma so‘ralishi to‘g‘rimi?
10.06.2020 14:33,  
203

Avval ma’lum qilinganidek, AOKA shtabida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi:

Savol: Davolanish uchun shifoxonaga borganda koronavirus infeksiyasiga tekshirilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma so‘ralishi to‘g‘rimi?

Javob: Yo‘q, davolash-profilaktika muassasalariga davolanishga va tug‘ruq majmualariga qabul qilishda koronavirus kasalligiga tekshirish TALAB QILINMAYDI.

Faqat koronavirus yuqish ehtimoli yuqori bo‘lgan quyidagi shaxslardan biologik namuna olinib, o‘rnatilgan tartibda tekshirilishi belgilangan:

- bemor bilan birlamchi (yaqin) muloqotda bo‘lgan shaxslar;

- ikkilamchi muloqotda bo‘lgan shaxslar;

- xorijiy davlatlardan kelgan shaxslar;

- tibbiyot xodimlari.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан